1. Namunani tayyorlang
Quyidagi ZIP faylni yuklab oling. server.js va Dockerfile fayllarini GitHub repositoriyingizning asosiy papkasiga joylashtiring. Parol va .env fayllarini Git’ga qo‘shmang.
2. Web servis yarating
Lixev kabinetida loyiha oching, Create → Service from Git orqali repositoriy va branchni tanlang. Servis turi WEB bo‘lsin. Dockerfile asosiy papkada turgani uchun Root Directory bo‘sh qoladi.
3. Resurs va portni tekshiring
Bepul resurs sizning testingizga mos kelishini tarif cheklovlaridan tekshiring. Pulli resursdan oldin balansni to‘ldiring. Namuna 0.0.0.0 manzilini tinglaydi; faqat localhost ishlatilsa, platforma unga ulana olmaydi.
4. Deploy va health check
Health Check Path maydoniga /health kiriting va deploy boshlang. Build log tugagach, servisning HTTPS manziliga /health qo‘shib oching. Javobda ok: true bo‘lishi kerak.
5. Yangilanishni sinang
server.js ichidagi xabarni o‘zgartirib GitHub’ga push qiling. Avtomatik deploy sozlangan bo‘lsa yangi deployni kuzating; aks holda kabinetdan qayta deploy qiling. Xato chiqsa avval build va runtime loglarni tekshiring.
Natija: brauzerda ishlaydigan web servis va alohida /health tekshiruvi. ZIP namunasi HTTP so‘rovi bilan lokal tekshirilgan.