FREE: imkoniyatlar va limitlar

0 so‘m bilan boshlang. Pul bonusi, karta talabi va 14 kunlik web-servis muddati yo‘q.

Web-servis: 750 soat / oy

Har workspace uchun umumiy 750 soat. Ikki servis bir soatda ikki soat sarflaydi. Uxlagan vaqt, statik saytlar, PostgreSQL va Redis bu hisobga kirmaydi. Oyning 1-kuni UTC bo‘yicha yangilanadi, qoldiq ko‘chmaydi. Limit sabab to‘xtagan servislar yangi oyda tiklanadi; qo‘lda to‘xtatilganlari yoqilmaydi.

15 daqiqalik uyqu va uyg‘onish

FREE web-servis 15 daqiqa kiruvchi so‘rovsiz qolsa avtomatik uxlaydi. Keyingi HTTP so‘rovi yoki WebSocket ulanishi servisni uyg‘otadi. Sovuq startda so‘rov kutiladi; ilova tayyor bo‘lmasa 503 va Retry-After qaytadi. Ochiq HTTP oqimi yoki WebSocket ulanishi servisni faol saqlaydi. Uxlagan servisning /robots.txt so‘rovi uni uyg‘otmaydi. Qo‘lda to‘xtatilgan servis HTTP bilan yoqilmaydi.

Bepul PostgreSQL

Workspace’da bitta. 256 MB RAM, 20 ulanish, 1 GB disk nazorat limiti va yaratilganidan 30 kun muddat. Limit yoki muddat tugasa baza to‘xtaydi. Disk taxminan har 15 soniyada tekshiriladi; tekshiruv oralig‘ida 1 GBdan oshishi mumkin. Ma’lumot avtomatik o‘chirilmaydi. Davom ettirish uchun pullik o‘lchamga o‘ting va servisni qayta deploy qiling. Bu production uchun SLA yoki backup kafolati emas.

Bepul Redis

Workspace’da bitta. Redis ma’lumoti uchun 128 MB xotira, parol bilan ulanish, diskka saqlash o‘chirilgan. Xotira to‘lsa yangi yozuvlar rad etiladi. Har bir restart yoki redeployda ma’lumot yo‘qoladi. Kesh va sinov uchun foydalaning.

Trafikni cheklash

Workspace oylik chiqish trafiki: FREE 10 GB, HOBBY 100 GB, PRO 1000 GB. Gateway HTTP/WebSocket javob baytlarini uzatishdan oldin umumiy limit bilan tekshiradi. Konteynerdan chiqadigan boshqa trafik barcha nodelarda taxminan har 15 soniyada hisoblanadi; limitda servislar to‘xtatiladi. Bu hisob ichki tarmoq chiqishlarini ham qamrab oladi. HTTP va konteyner hisobining kattasi olinadi, bir trafik ikki marta qo‘shilmaydi. To‘lov ulangancha avtomatik pullik overage yo‘q. Keyingi oy faqat trafik sabab to‘xtagan servislar tiklanadi.

Build va boshqa limitlar

FREE workspace: 500 build-daqiqa / oy, 2 web yoki statik servis, 2 loyiha va 1 ishtirokchi. Bepul PostgreSQL/Redis uchun alohida bittadan kvota bor. FREE web: 0.1 CPU va 256 MB RAM. Build limiti tugasa yangi build to‘xtatiladi, ishlayotgan servis saqlanadi.

Render bilan farqlar

Asosiy bepul resurs modeli o‘xshash. Lixev ochiq WebSocket ulanishini faol deb hisoblaydi va PostgreSQL ma’lumotini 30 kundan keyin avtomatik o‘chirmaydi. Trafik hisobi ichki tarmoqni ham qamraydi. Hamma platforma funksiyalari yoki SLA bo‘yicha to‘liq tenglik da’vo qilinmaydi.

Render bepul tarifi hujjatlari